Jamiyat
O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan. Bu haqida bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2021 yil davomida ichki ishlar organlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlar yuzasidan 39 343 ta murojaat kelib tushgan. Tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida ularga himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan.
Murojaatlarni o‘rganishda 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18 777 ta ruhiy, 13 658 ta jismoniy zo‘ravonlik hamda 7 174 ta tazyiq holatlari aniqlangan.
Tahlillarga ko‘ra, xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan zo‘ravonlik holatlarining 34 330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan. Himoya orderlarning 26 667 tasi turmush o‘rtoqlar, 1 559 tasi qaynonalar, 1 128 tasi kelinlar hamda 9 989 tasi boshqa shaxslarga nisbatan rasmiylashtirilgan.
“Qo‘llanilgan himoya orderlari natijada 20 769 ta holatda oila yarashtirilgan, 15 142 tasida nizo bartaraf etilgan, 921 tasida oila ajrashgan, 2 222 ta holatda nizo bartaraf etilmagan”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q