Gavhar Matyoqubovaga “Oʻzbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori” unvoni berildi

Saqlash
19:26 / 27.04.2022 1168 0

Ayni daqiqalarda “Xorazm lazgi raqsi: Milliy raqslarning rivojlanishi va ularning hozirgi davrdagi ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiyada Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib qatnashchilarni festival bilan yana bir bor tabrikladi.

 

“Lazgi” xalqaro festivali doirasida boʻlib oʻtayotgan ushbu ilmiy konferensiyada Xorazm lazgisining eng fidoyi targʻibotchilaridan biri – Gavhar Matyoqubovaga “Oʻzbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori” unvoni berildi.

Qayd etilishicha, “Xorazm lazgi raqsi”ni YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilishida Gavhar Matyoqubovaning ham xizmatlari bor.

 

“Aslida, Gavhar Matyoqubovaning raqqosalar faoliyatiga jiddiy toʻsiqlar, salbiy qarashlar mavjud boʻlgan bir davrda «Lazgi”ning, shu orqali oʻzbek raqsining asl mohiyatini saqlab qolinishiga qoʻshgan hissasini chinakam qahramonlik, deb baholasak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

 

Zero, har bir sohada shijoat bilan mehnat qilgan va bugun safimizda boʻlgan Gavhar Matyoqubova singari jasoratli ayollarimizning barchasi bu kabi yuksak eʼtiroflarga munosibdir», dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//