O‘zbekistonda 30 yilda madaniy meros obyektlariga 4 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

Saqlash
18:45 / 27.04.2022 683 0

Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu haqida prezident matbuot kotibi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshirishlarda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani aniqlangan. Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgan. «Ichan qal’a» davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

 

30 yilda madaniy meros ob’yektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgan. Shu bois bosh prokuror va turizm vaziri boshchiligidagi komissiyaga:

 

– barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, yil yakuniga qadar ularning elektron bazasini yaratish;

– muzeylar rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholab, lavozimiga noloyiq rahbarlar o‘rniga bilimli, halol va tadbirkor yoshlarni qo‘yish topshirilgan.

 

«Bundan buyon muzeylardagi sharoitlarga viloyat hokimlari javobgar bo‘ladi», – degan Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//