Jamiyat
Qashqadaryo tog‘larida «Qizil kitob»ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq va uning ikki bolasi aholi tomonidan suratga tushirilgani haqida xabar tarqalgan edi. Keyinroq topilgan qo‘ng‘ir ayiq bolalaridan biri o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat ekologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumani «Oqqishloq» MFY, «Qizilsoy» qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Sh. ekani aniqlangan. Uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topilgan.
Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u ayiq bolasini o‘lik holda topgan. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkaziladi.
Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q