Jamiyat
«O‘zgidromet» xizmati Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik sabab sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.
Keltirilishicha, 27 aprel kuni kutilayotgan kuchli yomg‘ir hisobiga Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda, jumladan:
– Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
– Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
– Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xojaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
«Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110669
Jamiyat
94426
Jamiyat
90331
Jamiyat
74138
Jamiyat
//
Izoh yo‘q