“Lazgi” xalqaro raqs festivaliga start berildi. Festivalning ilk kuni qanday oʻtdi? (foto)

Saqlash
05:04 / 27.04.2022 854 0

2022-yilning 25-30-aprel kunlari Xiva shahri “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga mezbonlik qilmoqda. Yirik xalqaro madaniy tadbirga 26-aprel kuni start berildi, deya xabar bermoqda “Oyina.uz” muxbiri.

 

Dastlab festival ishtirokchilari aeroportdanoq “Lazgi” kuyi va unga monand raqslar bilan tantanali kutib olindi.

 

 

Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasida “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

 

 

Unda maʼlum qilinishicha, festivalda dunyoning 30 ta davlatidan 175 nafardan ziyod raqs sanʼati ustalari, professional raqs jamoalari, sanʼatshunos olimlar, madaniyat sohasining taniqli namoyandalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurgan.

 

 

Festival doirasida oʻtkaziladigan tanlovda 18 davlatdan 160 ishtirokchi qatnashadi. Tanlovni oltita turli davlatdan 6 nafar tajribali, professional hakam baholab boradi.

 

Ayni damda ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 11 davlatdan 13 nafar sanʼatshunos olimlar Xiva shahriga yetib kelgan.

 

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu yirik tadbirning ochilishi marosimi «Ichan qalʼa»ning koʻhna Ark maydonida boʻlib oʻtgan. Festival ishtirokchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigi oʻqib eshittirildi.

 

 

 

 

Ochilish marosimining badiiy qismida milliy kuy va qoʻshiqlarimiz yangradi.

 

 

 

 

 

Festivalning ikkinchi kuni, 27-aprelda “Oʻzbek milliy raqsining jahon raqs sanʼatidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi. Unda qator xorijiy mamlakatlardan raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish