Iqtisod
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obyektlarini koʻpaytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Unda prezident qator masalalarga toʻxtaldi.
Xususan, 1-sentyabrdan boshlab, yurtimiz boʻylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
- avia, temir yoʻl va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming soʻmgacha, temir yoʻl va avtobusga 100 ming soʻmgacha);
- mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming soʻmgacha);
- muzey va boshqa madaniyat obyektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming soʻmgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qoʻshimcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q