Jamiyat
Siyosat
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obyektlarini koʻpaytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahrida xorijiy turistlarni kamida 3 kun olib qolish va “1 ming dollarlik xizmatlar paketi”ni taqdim qilish boʻyicha alohida dasturni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi. Bu orqali poytaxtda qoʻshimcha 1 million sayyohni jalb qilish imkoniyati bor.
Toshkent shahri hokimiga poytaxtda:
- yil davomida ishlaydigan zamonaviy akvapark, attraksion, safari gullar, chiroqlar va boshqa mavzuli parklar;
- tunu-kun ishlaydigan kamida 5 ta gastronomik va savdo koʻchalari;
- restoran va mehmonxonalar, jamoat joylarida jonli ijro konsertlarini yoʻlga qoʻyish;
- ochiq osmonda shou (dorbozlik, musiqa va raqs dasturlari) va festivallar (gullar, gastronomik, muzqaymoq, opera) tashkil etish ishlarini boshlash boʻyicha topshiriq berildi.
Prezident joriy yilda ichki turizm oqimini kamida 10 millionga yetkazishi shartligini taʼkidladi.
Buning uchun tuman, shahar hokimlari oldiga turizm salohiyati yuqori 28 ta tuman va shahar, 135 ta mahalla imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, infratuzilma muammolarini hal qilib berish vazifasi qoʻyildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q