Qolgan hudud masʼullari “uygʻongani” yoʻq — Prezident hokim oʻrinbosarlariga 3 oy sinov muddati berdi

Saqlash
23:10 / 26.04.2022 864 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obyektlarini koʻpaytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Yigʻilishda yurtimizda mavjud 122 ta muzey salohiyatidan foydalanilmayotgani taʼkidlandi.

 

Muzeylarda 2,5 mlndan ortiq ashyo saqlanib, 112 mingtasi nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida noyob hisoblanadi.

 

“Lekin qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shugʻullandi, degan savolga ijobiy javob yoʻq.

 

Misol uchun, Saviskiy, Termiz arxeologiya, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeylariga butun dunyodan odamlar keladi, lekin aholimizni bu madaniyat maskanlariga borishi tizimli tashkil etilmayapti.

 

Shu bois bugun Abduhakimovga yangi oʻrinbosarlar – Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev, Botir Shaxriyorovni tayinladim.

 

Har bir viloyat hokimiga ham turizm boʻyicha oʻrinbosarlar berilgan. Bunday imkoniyat qachon boʻlgan?

 

Bu borada Qoraqalpogʻiston, Andijon, Buxoro, Fargʻonada turizm boʻyicha oʻrinbosarlar yaxshi ishlayapti. Qolgan hudud masʼullari hali “uygʻongani” yoʻq", dedi Prezident.

 

Shu 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm boʻyicha oʻrinbosarlariga 3 oy sinov muddati belgilash, yakuni boʻyicha lavozimga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//