“Sheʼrlarida ham yolgʻon gapirmagan shoir” – Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi nishonlandi

Saqlash
21:55 / 26.04.2022 2003 0

Bugun Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan “Ulugʻimsan, Vatanim” deb nomlangan ijodiy tadbir oʻtkazildi.

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoirning oila aʼzolari, ijodkorlar, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya kursantlari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda yozuvchi-shoirlar Muhammad Yusuf bilan bogʻliq xotiralarini yodga olib, uning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan hissasini eʼtirof etishdi. Shoirning turmush oʻrtogʻi, farzandalari ishtirokidagi suhbatlar esa kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

 

 

Anjuman davomida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari shoir ijodi asosida sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.

 

 

Chilonzor tumani maktablarining ijodiy targʻibotchilari tashabbusi bilan oʻquvchilar shoir sheʼrlaridan iborat mushoira oʻtkazishdi. Tadbir asnosida “Ranglarda jilolangan siyrat” mavzusida yosh musavvirlar oʻrtasida Muhammad Yusufning portretini chizish musobaqasi tashkil etildi.

 

 

Kecha yakunida rassomlik va sheʼrxonlik musobaqalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga kitoblar toʻplami topshirildi.

 

 

Oyina.uz portali tashabbusi bilan “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻidagi “Kitobxonlar davrasi” guruhida oʻtkazilgan “Adib xonadonidan sovgʻa” loyihasi doirasidagi viktorina gʻoliblari Muhammad Yusufning oila aʼzolari dasxati tushirilgan kitoblar va diplomlar bilan taqdirlandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//