Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi Normat Tursunov maktab o‘qituvchilari o‘quvchilarga nisbatan qattiq turishi lozimligini aytgan audio tarqaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda «o‘qituvchi uyga vazifani bajarmagan o‘quvchiga hammaning oldida tanbeh berishi kerakligini» aytgan.
«Biz o‘quvchiligimizda o‘qituvchilardan qanday kaltak yeb katta bo‘lganmiz?! O‘qituvchini kaltagi bizni shu yergacha olib kelgan. O‘qituvchini hurmat qilamiz… Uring ana bitta-ikkitasini. Hech narsa qilmaydi… O‘rgansin, o‘qisin, majburlash kerak», — deydi hokim tarqalgan audioda.
Xatirchi tumani hokimligi mazkur holatga munosabat bildirib, audiodagi gaplar boshqacha talqin qilinayotganini ma’lum qildi.
«Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari Oliy ta’lim muassasalariga kirishda Xatirchi tumani yetakchi hududlardan biri hisoblanadi. Yurtimizdagi ko‘pgina oliygohlarda xatirchilik talabalarni borligi bizni xursand qiladi. Bunday peshqadamlikni qo‘ldan bermaslik uchun tuman hokimi va tegishli mas’ullar har kuni ta’lim muassasalariga tashrif buyurishni an’anaga aylantirgan.
Yaqinda tuman hokimi va tegishli mas’ullar, tumandagi ta’lim sifati past bo‘lgan maktab rahbarlari bilan o‘zaro suhbat jarayonida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni bilim olishga qiziqtirish, to‘garaklarga jalb qilish, lozim bo‘lsa, qat’iy tartib-intizom bilan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Lekin ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqacha talqin qilindi. Bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga oshiriladi», deyiladi Xatirchi tumani hokimligi axborot xizmatining xabarida.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q