Jamiyat
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosi devoriga antikorrupsion graffiti chizildi. Bu haqida Telegram’dagi «Inkuzart» kanalida ma’lumot berildi.
Kreativ graffiti Yakkasaroy tumanidagi Antikorrupsiya agentligi binosi devoriga chizilgan. Unda Gʻafur Gʻulom qissasi asosida suratga olingan «Shumbola» filmi qahramoni qop ko‘tarib ketayotgani aks ettirilgan. Ushbu g‘oyani agentlik rahbari Akmal Burxonov ham qo‘llab-quvvatlab, Telegram kanalida izoh qoldirgan.
«Biz har kuni korrupsiya balosidan tezroq qutulish, yurtimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz. Biroq, korrupsiya illati hanuzgacha yelkamizda og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda.
Bu yukdan qancha tez qutulsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga shuncha tez erishamiz. Buning uchun nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, balki aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etishlari, ko‘maklashishlari kerak.
Agentlik mazkur graffiti muallifi @inkuzart ning ijodiy g‘oyasini va shu kabi korrupsiyaga nisbatan murosasizlikka qaratilgan kreativ yondashuvlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi», – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Рахмонов Муслимбек
12:01 / 01.01.1970
Бу нарса тугри лекин купчилик бу нарса буйича жон куйдириш керак