Jamiyat
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 25 - aprel kuni «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Rossiya delegasiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi
Ma’lum qilinishicha, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investisiya dasturlarini amalga oshirish va yangi mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari kooperasiyasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lgan.
Mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, kimyo va farmasevtika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan sanoat ko‘rgazmasi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q