Xivada “Lazgi” xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtadi

Saqlash
23:28 / 25.04.2022 1108 0

25–30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, ushbu tadbir YUNESKO, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda 30 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Festival doirasida raqs sanʼatiga bagʻishlangan koʻrgazma pavilyonlari, milliy cholgʻu asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda, ularni Ichan-qalʼa majmuasi hududida savdo qilish tashkil etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//