Jahon
Nyu Yorkdagi sayohat jurnali "Travel + Leisure"ning bu yilgi "Dunyoning eng yaxshilari mukofoti" tanlovida minglab odamlar Istanbulni Yevropaning №1 raqamli eng yaxshi shahri sifatida tanladilar. Bu haqda Turkiyaning Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy'ning Twitter'dagi sahifasida e'lon qilindi.
Jurnal tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada ishtirok etganlarning so'nggi uch yillik tajribasidan kelib chiqib Istanbul 91,32 ball bilan birinchi o'rinni egalladi, ovoz berish 11 yanvardan 11 maygacha o'tkazildi.
Istanbul Yevropadagi 39 shahar orasida birinchilikni egalladi. O'zining cheksiz jozibasi bilan tarixning uchrashuv nuqtasi ekanligi hamda Topkapi saroyi va Ayasofiya kabi tarixiy joylarni o'z ichiga olganligi haqida yozilgan maqolada, Istanbul aeroporti, Nishantoshi va Galataport kabi zamonaviy jozibali joylari maqtovlar bilan tilga olindi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111847
Jamiyat
94678
Jamiyat
90674
Jamiyat
75343
Jamiyat
//
1 Izoh
Sitora Yo`lchiyeva
12:01 / 01.01.1970
Haqiqatda arzirli natija! Istanbul nafaqat Yevropaning eng yaxshi shahri, balki butun dunyo bo`yicha ekologik jihatdan ham yuqori natija ko`rsatadi, menimcha.