Jamiyat
Oʻzbekistonda 9-may kuni harbiy parad oʻtkazilmaydi. Bu haqda Mudofaa vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
– Oʻzbekiston Respublikasida 9-may bu Gʻalaba kuni emas, bizda 1999-yil Prezident farmoni bilan Xotira va qadrlash kuni etib belgilangan. Aynan 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayramlar butun Oʻzbekistonda davom etmoqda. Qariyalarni qadrlash, ularga hurmat koʻrsatish maqsadida respublika boʻylab tadbirlar boshlab yuborilgan. Harbiy parad oʻtkazilishi nazarda tutilmagan. Oʻtgan yili ham, undan avval ham parad oʻtkazilmagan. Bu boʻyicha biror maʼlumot yoʻq, – dedi Mudofaa vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Oybek Mamadaliyev.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
112045
Jamiyat
94733
Jamiyat
90748
Jamiyat
75556
Jamiyat
//
1 Izoh
Sevinchxon
12:01 / 01.01.1970
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar ❤️