Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Saqlash
19:58 / 25.04.2022 1066 0

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqida Davlat test markazi axborot xizmati xabar berdi.


Unga ko‘ra:

 

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

 

    Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.
    Matematika — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.
    O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 33 ball.

 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

 

    1-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan, maksimal ball — 93 ball.
    2-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan, maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 156 ball.

 

Umumiy holda, 2022/2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.

 

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi PDF-fayl orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//