Jamiyat
Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida 156 gektar maydonda yangi ekoturizm zonasi yaratiladi.
Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan press-turda ma’lum bo‘lishicha, ekoturizm zonasini tashkil etishda loyiha tashabbuskori sifatida «Qalajiq qal’a Oazis ekoturizm» fermer xo‘jaligi ishtirok etyapti.
Xabarga ko‘ra, ob’yekt qurilishining birinchi bosqichi 2023 yilda tugatilishi kutilyapti, ikkinchi bosqich qurilishi tugatilishi esa 2025 yilga mo‘ljallangan. Ob’yektning umumiy qiymati 58 milliard so‘mni tashkil etadi.
Turizm va madaniy meros vazirligining Xorazm viloyati bosh boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, «Qalajiq Qal’a Oazis»da ikki mehmonxona, ikki restoran, milliy uslubdagi uylar, konsert arenasi, hayvonot bog‘i, sog‘lomlashtirish markazi, suzish havzalari va 10 ta savdo punkti sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.
Yangi ob’yekt qurilishining birinchi bosqichida Xorazm viloyatida 350 nafar yangi ish o‘rnining yaratilishiga olib keladi. Qurilish ishlari yakuniga yetganidan so‘ng bu yerga yil davomida 36 ming nafar sayyohni jalb etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sayyohlarning ushbu hududda qolish muddati 1,5 kunga uzaytiriladi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q