Siyosat
Ramazon hayiti arafasida O‘zbekiston delegasiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi va Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ramzan Qodirovga yuborilgan tabriknoma va sovg‘a — «Poyi-Kalon ansambli» 3D suratini topshirdi. Bu haqida Ramzan Qodirovning o‘zi Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Poyi-Kalon Buxorodagi me’moriy ansambl bo‘lib, uning tarkibidan Ramzan Qodirov otasi — Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmat Hoji Qodirov o‘qigan Mir Arab madrasasi ham o‘rin olgan.
.jpg)
E’lon qilingan videoda keltirilishicha, ushbu sovg‘a 929 probali 3,4 kilogramm kumushdan ishlanib, maydon va gumbazlarga 999 probali oltin suvi yugurtirilgan.
Checheniston rahbari tabrik hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi samarali hamkorlik, siyosiy va madaniy aloqalar uchun Shavkat Mirziyoyev minnatdorlik bildirgan va O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklagan.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q