 
                   
                    Jamiyat
Navoiy shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi, Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limlari hamkorligida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Prezidentning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda 21 nafar tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan targ‘ibotchilar ishtirok etishdi.

– Maqsad, xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini oshirish, kasbiy mahorati ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Akrom Muqimov. – Shuningdek, ularning bilimlarini mustahkamlash, hushyorlik va ogohlikka chorlash, milliy urf-odatlar ruhida har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Hulkar Gʻafforova hamda Xatirchi tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Komil Parmonov tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q