Tadqiqotlarga ko'ra, Oʻzbekiston yoshlarining 63 foizi teatr, muzey va koʻrgazmalarga bormaydi

Saqlash
15:24 / 25.04.2022 763 0

Mutasaddilar tomonidan o'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatdiki, Oʻzbekistonda yoshlarning 63 foizi teatr, muzey va koʻrgazmalarga bormaydi.


Oʻzbekistonlik yoshlar boʻsh vaqtini qanday oʻtkazishi, ularning oʻz mahallalarida hordiq chiqarishi uchun nimalar zarurligini aniqlash maqsadida “U-Report” va Oʻzbekiston yoshlar masalalari agentligi hamkorligida sotsiologik tadqiqot oʻtkazdi.


Soʻrovda respublikaning barcha hududlari aholisi ishtirok etdi. Natijada 7 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan 36 000 dan ortiq respondent ishtirok etgan.


Ishtirokchilarning 25 foizi kun davomida ishdan va oʻqishdan boʻsh vaqtlari bor – butun kun (13%) yoki yarim kun (12%), deb javob bergan. Yana 16 foizi kuniga 5-6 soat boʻsh vaqtlari borligini aytishgan.


Maʼlum boʻlishicha, ular asosan boʻsh vaqtlarida:1) uy yumushlari — 23%2) Telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda oʻtirish — 21%3) Kitob oʻqish — 13%4) Uxlash, yotish, dam olish — 8% uchun sarflashadi.


Shu bilan birga, respondentlarning atigi 0,2 foizi boʻsh vaqtlarida koʻrgazmalar, muzeylar va konsertlarga tashrif buyurishlarini bildirishgan. Yana 3% ular hech narsa qilmasliklarini koʻrsatgan.


Respondentlar oʻzlarining sevimli mashgʻulotlari / xobbilarini nomladilar:


    1. sport (15%)
    2. kitoblar va sanʼat (chizmachilik, tikuvchilik, musiqa, raqs va boshqalar) — har biri 12% ball toʻpladi.
    3. kompyuter oʻyinlari, dasturlash va boshqalar (10%)
    4. turizm, sayohat (8%) va hayvonlar, oʻsimliklar (8%).

Respondentlarning 63 foizi teatr, kino, koʻrgazma, muzey, konsert kabi madaniy-koʻngilochar joylarga bormasligini taʼkidlagan. Bunga mahallasida bunday joylar yoʻqligi (32%), qiziqmasligi (12%), uyda ruxsat berilmasligi (4%) va hokazolarni sabab qilib keltirishgan.

 

Soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki, respondentlarning 53 foizining fikriga koʻra, mahallalarida sport bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yetarli darajada emas, yana 18 foizida sport inshootlari mavjud, ammo sport anjomlari yoʻqligini aytishgan.

 

Soʻrovda qatnashgan yoshlarning atigi 19 foizi yoki 1/5 qismi sport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitga ega ekanligini taʼkidlagan.

 

Respondentlarning 47 foizi oʻz mahallasida sport, madaniy-koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilmasligini taʼkidlagan. Respondentlarning yana 12 foizi bunday tadbirlarni oʻtkazish uchun tegishli sharoitlar yoʻqligini ma'lum qilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//