Siyosat
“Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni masʼul davlat organlariga kiritish;
NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini koʻrib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari boʻyicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni koʻrib chiqish natijalarini eʼlon qilish.
2023-yil 1-yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:
ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid eʼlonlar;
kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablagʻlarning sarflanish holati.
Maʼlumot uchun: Mazkur elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat koʻrsatish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q