Jamiyat
Bugun, 23-aprel kuni “GUANGZHOU MEDICAL of CHINA” MCHJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur klinika sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilishda ayblangan.
Shuning uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv oʻtkazilgan.
Xabarga koʻra, hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q