Siyosat
Marosimda parlament a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, ustoz va murabbiylar qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari musobaqa ishtirokchilari, ularning timsolida butun xalqimizni O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ulkan g‘alabasi bilan muborakbod etdi.
– Sizlarga olgan orden-medallaringiz, ko‘rsatgan jasorat va matonatlaringiz uchun katta rahmat aytaman. Hammamiz olis Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlarini katta hayajon va cheksiz faxr bilan kuzatib bordik. Barchangizga ma’lum, bu gal terma jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ana shu qimmatli 19 ta medalning 11 tasi, shijoatli sportchi qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgani tariximizda misli ko‘rilmagan voqeadir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz terma jamoasi 160 dan ziyod davlat o‘rtasida – o‘n oltinchi, Osiyo qit’asi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida – to‘rtinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o‘rinni egalladi.
Yapon zaminida g‘olib sportchilarimiz sharafiga har gal madhiyamiz yangrab, Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgani qalblarimizni cheksiz iftixorga to‘ldirdi.
Prezidentimiz sportchilarimizning Paralimpiya o‘yinlarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishida avvalo ota-onalarining mehnati tengsiz ekanini ta’kidlab, ularga chuqur minnatdorlik bildirdi. Jumladan, tadbirda ishtirok eta olmayotgan sportchilar va ularning ota-onalariga ham rahmat aytib, ularning fidoyiligi ko‘pchilik uchun o‘rnak ekanini ta’kidladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q