Jamiyat
23-may kuni soat tahminan 17:00 da FVV ofitseri Kitob tumani “Bog‘bon” mahallasidagi Qashqadaryo daryosida cho‘kayotgan 9 yoshli bolani qutqarib qoldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayd etilishicha, velosiped minib ketayotgan 9 yoshli bola muvozanatini yo‘qotib, daryo tushib ketadi. Buni ko‘rgan bolaning akasi yon atrofdagilarni baland ovozda yordamga chaqira boshlaydi. Bolalarning ovozini daryo yaqinida istiqomat qiluvchi FVV xodimi — mayor Husniddin Sharapov eshitib qoladi va zudlik bilan daryoga sakrab, bolani qutqaradi.
“Men bir soniya ham o‘ylab o‘tirmay, daryoga sakradim. Bola ko‘karib, qotib qolgandi... Bu ishni harbiy bo‘lganim uchun emas, insoniylik jihatidan qildim. Mening o‘rnimda boshqa erkak ham shunday qilardi...”, deya voqea qanday sodir bo‘lganini so‘zlab berdi Kitob tumanidagi qutqaruv qismlaridan birida guruh komandiri lavozimida xizmat qiluvchi mayor Husniddin Sharapov.
Bolaning holati ayni damda yaxshi. Favqulodda vaziyatlar vaziri A.Ikramov Qashqadaryo viloyati FVB xodimi Husniddin Sharapovni “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112448
Jamiyat
95113
Jamiyat
91343
Jamiyat
76032
Jamiyat
//
Izoh yo‘q