Jamiyat
2022 - yil 1 - yanvardan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya berilishi belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida: byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
Subsidiya olish uchun ish beruvchilar nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilganidan so‘ng:
– tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda;
– yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Shu bilan birga, imkoniyati chelkangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish milliy dasturi ham tasdiqlandi (Qarorning 2-ilovasi).
Mas’ul idora: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (telefon raqami: (71) 239-41-21, vebsayt (https://mehnat.uz/uz)).
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 203-sonli tegishli qarori qabul qilindi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q