Madaniyat
Joriy yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Ushbu festival Prezidentning tegishli qarori asosida tashkil etilmoqda.
Unga ko‘ra, Xorazm viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi festivalni o‘tkazish bo‘yicha mas’ul organlar hisoblanadi.
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari 3 ta nominasiya («Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrosichi», «Eng yaxshi raqs jamoasi» va «Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs») bo‘yicha baholanadi.
Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
«Gran-Pri» — 7 000 AQSH dollari.
Har bir nominasiya bo‘yicha:
1-o‘rin — 5 000 AQSH dollari;
2-o‘rin — 3 000 AQSH dollari;
3-o‘rin — 2 000 AQSH dollari.
Tashkilotchilar tomonidan har bir qo‘shimcha nominasiya uchun 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari ajratilishi mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q