Subsidiya asosida ajratiladigan ipoteka kreditlarining foiz stavkasi oʻzgaradimi?

Saqlash
15:04 / 22.04.2022 777 0

Avval xabar berganimizdek, Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foizdan 17 foizga oshirgan edi. Yillik foiz stavkaning oshirilishi natijasida tijorat banklaridagi turli kreditlarning foizi oshirildi.

 

Bu oʻzgarish subsidiya asosida ajratiladigan ipoteka kreditlariga, tijorat banklaridan oldin olingan ipoteka kreditlariga ham tegishlimi? Markaziy bank bunga izoh berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka uchun ajratiladigan resurs mablagʻlari boʻyicha foiz stavkalarini 2022-yil yakuniga qadar, istisno tariqasida, amaldagi foiz stavkalarida saqlab qolinishi belgilangan.

 

Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklari tomonidan aholiga birlamchi uy-joy bozoridan xonadon sotib olishi uchun ajratadigan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari joriy yil yakuniga qadar oʻzgarmasligini anglatadi.

 

Shuningdek, ilgari olingan ipoteka kreditlarining shartlari esa mijoz va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi. Agar shartnomada ipoteka krediti boʻyicha foiz stavkasi asosiy stavkaga (qayta moliyalashtirish stavkasiga) bogʻlangan boʻlsa, asosiy stavka oʻzgarishi ular boʻyicha foiz stavkalarining ham oʻzgarishiga olib keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish