Jamiyat
Joriy yilning 24-25-aprel kunlari Oʻzbekistonning qator hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi, ayrim hududlarda esa yomgʻir doʻlga aylanishi mumkin. Bu haqida Oʻzgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24-25-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzar, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqorgʻon, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xoʻjaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q