Ukrainadan qaytgan talabalar oʻqishini soddalashgan tartibda koʻchirishga ruxsat etildi

Saqlash
19:47 / 22.04.2022 897 0

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning oʻqishini soddalashtirilgan tartibda koʻchirishga ruxsat berildi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi. 

 

Vazirlik shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan oʻqishni koʻchirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilishlarini soʻragan.

 

Bunda, oʻqishini koʻchirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, soʻnggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik taʼtilda boʻlgan fuqarolarning oʻqishini koʻchirishga rad javobi beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//