Madaniyat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida oʻrganish ishlarini olib bordi. Bu haqida agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻrganish davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlangan. Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topilgan.
«Oʻrganish davomida noyob ashyolar roʻyxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan oʻtkazildi. Unga koʻra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga oʻlchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri boʻyicha mos kelmasligi aniqlandi.
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan», deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q