Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mutasaddilardan yordam soʻrab murojaat qilgani aks etgan videolavha tarqalgan edi. Oʻzbekistonda Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusovaning yozishicha, bu aksiya mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan ataydan tashkillashtirilgan.
«Bu mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan mavjud ichki salbiy muammolardan, xususan, bolalarning huquq va erkinliklari, manfaatlarining buzilishi, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlaridan eʼtiborni chalgʻitish maqsadida tashkil etilgan rejali tadbir ekani koʻrinib turibdi.
Bunga nima sabab boʻlgani va asl maqsad qandayligini masʼul organlar oʻrganadi. Bolalar huquqlari boʻyicha vakil barcha darajadagi bolalarning manfaatlarini himoya qiladi. Vakilning asosiy vazifasi – bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning huquqlarini taʼminlash va himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Vakil oʻz tashabbusi bilan bola huquqlarining buzilishi, ayniqsa, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida oʻzi olgan yoki ommaviy axborot vositalarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan har qanday maʼlumotni tekshirishga haqli.
19-aprel kuni mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan biri ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani toʻgʻrisida xabar kelib tushdi. 20-aprel kuni shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tashrif davomida ushbu maʼlumot oʻz tasdigʻini topdi. Tarbiyalanuvchi qiz rostdan ham tez tibbiy yordam brigadasi orqali olib kelingan, biroq unga mehribonlik uyi vakillari negadir hamrohlik qilmagan. Tarbiyalanuvchilarning tibbiyot muassasasiga joylashtirilishi boʻyicha bir nechta holatlar sodir boʻlgani haqida maʼlumot olindi.
21-aprel kuni Bola huquqlari boʻyicha vakil 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan bolalarning qochib ketishi, tarbiyalanuvchilarning ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi, bolalarning ruhiy holatiga taʼsir qiluvchi holatlar, bolalarni qoʻrqitish va ularga doʻstona munosabatda boʻlmaslik boʻyicha suhbat oʻtkazilgan, shuningdek, tarbiya jarayonida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllash va bola huquqlarining buzilishi uchun javobgarlik mavjudligi aytilgan. Mehribonlik uyi maʼmuriyati “Eng yaxshi himoya – hujum” tamoyilidan foydalanishga qaror qildi», deb yozadi Oʻzbekistonda Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova.
Avvalroq, Xalq taʼlimi vazirligi vaziyat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar boʻyicha ombudsman, Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi, va tegishli mutasaddilar muassasaga kelgan holda vaziyatni oʻrgangani maʼlum qilgandi. Oʻrganishlar natijasida muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan eʼtiroz kayfiyati shakllangani aniqlangan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q