Jamiyat
Prezidentning tegishli farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022 y.) ko‘ra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etildi.
Unga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar nazarda tutilgan.
Xususan, 2019 - yil 14 - maydagi PQ-4319-son Prezident qaroriga asosan, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (hozir 135 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Ya’ni, test bo‘ladigan yilda maktab, lisey yoki kollejni tugatganlar to‘lov qilmaydi. Faqat avvalgi yilda tugatganlardan to‘lov olinadi.
Shuningdek, bugungacha 2 ta toifa — nogironligi bo‘lgan (I, II va III guruh) yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasi bitiruvchilari) ham test to‘lovidan ozod qilingan edi.
Endilikda avvalgi yillarda tugatgan yuqorida tilga olingan 2 toifadagi abituriyentlar ham to‘lovdan ozod etilishi ma’lum qilindi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q