Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashladi

Saqlash
14:15 / 22.04.2022 770 0

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 21 - aprel kuni soat 11:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

 

«Sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat prosessual qonunchiligiga rioya qilgan holda voqea joyi atrofi belgilangan tartibda o‘rab olingan hamda Toshkent shahar prokuraturasi tergov xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

 

Har bir shaxs qonunlarga rioya qilishi, tergovga qadar tekshiruv paytida ushbu jarayon to‘liq, xolis va qonuniy tartibda amalga oshirilishiga to‘sqinlik yoki xalaqit qilmasliklari lozim», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//