Iqtisod
«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar – islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.
Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgacha) mikroqarzlar (50 mln soʻmgacha) beradi.
Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q