Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani faollari bilan uchrashuvda Qashqadaryo farzandi va butun O‘zbekiston faxri bo‘lgan sohibqiron Amir Temurning harbiy strategiyasi haqida gapirib o‘tdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi jang tarixini o‘qigani haqida gapirib bergan.
«Kabinetimda ozgina bo‘sh vaqtim bo‘lsa, kitob o‘qishga harakat qilaman. Savol tug‘iladi, biz nima uchun Amir Temur bobomizning mudofaa merosini ilmiy asoslar bilan o‘rganmaymiz? Sohibqironning To‘xtamishxon bilan jangini o‘qib chiqdim. Buyuk sarkardamiz qanday g‘alaba qozongani menga juda qiziq edi. To‘xtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. O‘zimga ham yozvoldim, Amir Temur bobomiz jangda 7 ta usulni qo‘llagan ekan.
To‘xtamishxon ham oddiy raqib bo‘lmagan, juda katta va mohir qo‘shini bo‘lgan. Bu jang taktikasini o‘rgandim va mutasaddilardan so‘radim: kimdir bizdan mana shu janglardagi strategiyani o‘rganganmi? Yo‘q, o‘rganmagan.
Hammasiga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda o‘zimizning bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak. Afsuski biz ko‘p yillar boshqalar tarixini, bizga aloqasi bo‘lmagan janglarni o‘rgandik.
Siz qashqadaryoliklar anglab yetishingiz kerak – shunday ulug‘ inson sizlarning bevosita ajdodingiz», – dedi Prezident.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q