Jahon
Latviyaning «Press.lv» portali saytida «Qiynoqlarni oldini olishning milliy preventiv mexanizmini ishlab chiqish: O‘zbekiston tajribasi» sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Unda O‘zbekiston inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarni faol tatbiq etayotgani, bu yo‘nalishda erishilgan ijobiy natijalar xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etilayotgani qayd etilgan.
«Bugungi kunda O‘zbekiston BMTning xalqaro inson huquqlari bo‘yicha o‘nta yirik shartnomasiga, jumladan, Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiyaga qo‘shilgan. "Respublika ularning qoidalarini milliy qonunchilikda tadbiq etish choralarini izchil amalga oshirmoqda, — deb yozadi "Press.lv". Inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot, xususan, qiynoqlarning oldini olish mamlakatda demokratiyaning rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qayd etiladi. Bu boradagi milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga muvofiqligi masalalari qonun ustuvorligiga asoslangan demokratik davlat qurayotgan O‘zbekiston uchun amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi maqolada.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda qiynoqlar, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo choralarining oldini olishga qaratilgan milliy profilaktika mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan faol, maqsadli va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
"Press.lv" yangiliklar portali bo‘lib, u eng ommabop axborot manbalaridan biri hisoblanadi. Uning doimiy auditoriyasi 880 mingdan ziyod o‘quvchini tashkil etadi. Elektron nashrda Latviya va dunyodagi muhim voqealar haqida ishonchli va qiziqarli ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q