Maktab bitiruvchilarining yakuniy imtihoni qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Saqlash
15:04 / 21.04.2022 1041 0

Xalq ta’lim vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova maktab bitiruvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, umumta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 2022 - yil 25 - may kuni tugaydi va 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 26 - maydan 15 - iyunga qadar o‘tkaziladi. Xususan, 9-sinf bitiruvchilari ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha imtihon topshiradi. 11-sinf bitiruvchilari esa ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradi.


Laylo Rustamovaga ko‘ra, joriy o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi. Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari va maktab-internatlarida esa bosqichli imtihonlar ularning ichki nizomlariga muvofiq ixtisoslashuv fanlari doirasida amalga oshiriladi. Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish