Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni yaqinidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Saqlash
18:17 / 21.04.2022 859 0

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida, Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalar 23-24 aprel kunlari sportchilar va havaskorlar orasida “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2022” bo‘lib o‘tadi.

 

Shu sababli, musobaqa kunlarida qator ko‘chalar soat 06:00 dan 14:30 ga qadar yopiladi:

 

•  Furqat ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
•  Islom Karimov shoh ko‘chasining Furqat va Bunyodkor shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
•  Bunyodkor shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
•  Seul ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

 

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//