Jamiyat
O‘zbekiston yanvar – mart oylarida 189,3 million dollarlik avtomobillar import qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 barobar ko‘pdir.
Shu davrda avtomobillar eksporti esa 43,8 million dollarni tashkil etdi. Bu 2021 - yilga nisbatan 54,6 foizga kam.
Xabarga ko‘ra, UzAuto Motors yil boshidan beri ishlab chiqarish hajmini oshirdi, lekin navbatlar 31 - dekabrgacha cho‘zilgan.
Xususan, O‘zbekistonda 2022 - yilining birinchi choragida Cobalt va Lacyetti eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘ldi.
Shuningdek, uch oy ichida UzAuto Motors 68 905 dona avtomobil, shundan 19 192 ta Cobalt va 19 439 ta Lacyetti ishlab chiqargan. Biroq aynan mana shu ikkala modelga eng ko‘p navbatlar yuzaga kelmoqda. Bu Uzavtosavdo ilovasida qayd etilgan.
Cobalt’ning ikki xil pozisiyasi uchun hozir 15 mingdan ortiq odam navbatda turibdi – avtomobilni, taxminan, noyabr oyining oxirida olish mumkin bo‘ladi. Lacyetti’ning 4 ta pozisiyasi uchun esa hozirda 25 mingga yaqin odam navbatga yozilgan – avtomobilni, taxminan, 31 - dekabrda olish mumkin.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q