Jamiyat
18-aprel kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda Microsoft kompaniyasi, Amerika–Oʻzbekiston Savdo palatasi va Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vakillari ishtirok etgan hamda hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilingan.
Bundan tashqari, IT-taʼlimni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratish, ushbu jarayonlarga koʻproq yoshlarni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash masalalari koʻrilgan.
Shuningdek, AKT vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda Microsoft kompaniyasining ofisini ochish taklifi berilgan.
“Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q