Jamiyat
Rossiyaning Moskva shahrida ikki nafar bolasi bilan moliyaviy qiyin ahvolda qolgan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro G.U.ga tanishlari Rossiyaning Moskva shahridan ish taklif qilgan. U 2021-yil dekabr oyida ikki nafar farzandi bilan Rossiyaga ishlash uchun joʻnagan.
Ayol Moskvada ham qiynalgan, ish joyidan oylik maosh ololmagan. Turar joysiz, koʻp qavatli uylarning yertoʻlalarida yashab yurgan, qurilish ishlarida mehnat qilgan.
“Yosh ayol ikki nafar farzandi bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti mablagʻlari hisobidan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi koʻmagida vatanga olib kelindi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q