Jamiyat
20 - aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, Gʻallaorol va Sharof Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Oqibatda ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha ob’yektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.
Ayni paytda Baxmal tumanining «Nurafshon» MFY, Gulobod qishlog‘i, Gʻallaorol tumanining «Moltob» QFY Moltob qishlog‘i, Sharof Rashidov tumani «Kuyovboshi» MFY hamda Forish tumani «Egizbuloq» MFYlarida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110417
Jamiyat
94388
Jamiyat
90268
Jamiyat
73870
Jamiyat
//
Izoh yo‘q