Madaniyat
Xabaringiz bor, joriy yilning aprel-may oylarida “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish, vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” shiori ostida “Eng namunali taʼlim muassasasi”, “Eng namunali oʻqituvchi”, “Eng namunali oʻquvchi” tanlovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Ayni shu maqsadda 19-21-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida mazkur koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovlarda ishtirok etayotgan harbiy-akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilarida uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yoʻnalishlari, taʼsirchan, kreativ va innovatsion uslublar ishlab chiqib amaliyotga qoʻllashi, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar eʼtiborga olinib, belgilangan shartlar boʻyicha baholanadi.
Jumladan, “Eng namunali oʻqituvchi” tanlovida mashgʻulotning tashkil etilishi, mashgʻulot mazmuni, pedagogik madaniyati, oʻqitish metodikasi, faoliyat samaradorligi hamda maktabdan tashqari faoliyatidagi yutuqlari alohida eʼtiborga olindi. Shuningdek, “Eng namunali oʻquvchi” tanlovida “Kitobxonlik”, “Test savollari”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “Shaxsiy fazilatlarini baholash” hamda “Amir Temur obrazini yaratish” singari shartlar orqali baholanadi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida ham mazkur tanlovning ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda ishchi guruh “Eng namunali taʼlim muassasasi”, “Eng namunali oʻqituvchi” va “Eng namunali oʻquvchi” tanlovlarining hududiy bosqichi boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q