Ertaga Oʻzbekistonning 7 ta viloyatida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
21:23 / 20.04.2022 731 0

Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati 21-aprel kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga koʻra:

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 23-25° boʻladi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 23-28o boʻladi.


Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.


Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylrda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 21-26° boʻladi.


Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 21-26° boʻladi.


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.


Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° boʻladi.


Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 12-17° boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//