Siyosat
Qashqadaryo viloyatidagi Koʻkdala tumaniga prokuror, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman prokurori lavozimini Bahrom Mengirovich Bekboʻtayev egallagan. U 1985-yil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan.
Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib Sherzod Oʻtkirovich Shokirov tayinlangan. U 1980-yilda viloyatning Koson tumanida tugʻilgan.
Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimi Faxriddin Jalolivich Muhammadiyevga nasib etgan. Faxriddin Muhammadiyev 1972-yil Kitob tumanida tugʻilgan.
Eslatib oʻtamiz, Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Xurram Abdurazikovich Joʻrayev hokim etib tayinlangandi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q