Oʻzbekistonda mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qoʻshib hisoblash tartibi joriy etilishi mumkin

Saqlash
20:48 / 20.04.2022 748 0

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligining tegishli qonun loyihasida qayd etilgan.

 

Unga koʻra “Fuqarolar davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonuning 37-moddasini ikkinchi qismi quyidagicha toʻldirilishi mumkin: “ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtash davrida bajarilgan har qanday ish, agar ushbu ish uchun ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa”.

 

“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi qonunga esa quyidagicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

 

  • 6-modda oltinchi xatboshidagi “aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir” degan soʻzlar chiqarib tashlanadi. Yettinchi xatboshi bilan esa “ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtab boʻlgan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir” jumlasi bilan;
  • 13-modda oltinchi xatboshi “ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarga «Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bogʻliq xizmatlar» jumlasi bilan toʻldiriladi.

 

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish shakllariga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarga “Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bogʻliq xizmatlar toifasi qoʻshilib, alohida modda sifatida yoritib berilmoqda.

 

“Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bogʻliq xizmatlar quyidagi turlarni oʻz ichiga oladi:

 

  • ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha maslahatlar berish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi tegishli organlar va tashkilotlarga yoʻnaltirish;
  • maxsus psixologik yordam koʻrsatish;
  • bandlikka koʻmaklashish, shu jumladan oʻzining tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlarda aniq loyihalarini taqdim etib, mustaqil faoliyatni boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish;
  • birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, dispanser koʻrigidan oʻtkazish, zarur boʻlgan hollarda statsionarda davolanish uchun yuborish, tibbiy koʻrsatmalarga koʻra dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//