Jamiyat
Senatning «Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on hamda Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinishi va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani hududi chegaralari o‘zgartirilishi belgilanmoqda.
To‘raqo‘rg‘ondan 472,2 gektar (shundan 416,9 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Davlatobod tumanining o‘zgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va kartografik chizmasi chegaralari chizig‘i tavsifi tasdiqlanadi.
Shuningdek, loyihada hujjat ilovalari berilmasligi keltirilgan hamda Vazirlar Mahkamasi qaror ijrosi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlashi qayd etilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q