Jamiyat
Farzandini davolatish uchun saxovatli insonlardan yordam so‘rab internetda hisob ochgan angrenlik ayolning pullarini o‘zlashtirib olgan maktab o‘quvchisi ushlangan. Bu haqida Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Angren shahri “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi 45 yoshli fuqaro M.S. ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, farzandini davolatish uchun moddiy yordam yig‘ish maqsadida ijtimoiy tarmoqqa e’lon qilgan plastik kartasi hisobiga 600 ming o‘tkazishini aytib qo‘ng‘iroq qilgan noma’lum kimsa aksincha uning hisobidan 2 mln so‘mni yechib olganini ma’lum qilgan va holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Arizaga asosan Toshkent viloyati IIBB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish hamda shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni – Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan J.A. (11-sinf o‘quvchisi) sodir etganligi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan fuqaro J.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
112755
Jamiyat
95437
Jamiyat
92252
Jamiyat
76575
Jamiyat
//
Izoh yo‘q