Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora tariqasida bergan 100 dollar pulini yutib yubordi

Saqlash
14:28 / 20.04.2022 795 0

Navoiy shahrida yoʻl-patrul xizmati xodimiga bergan porasini yutib yuborgan qonunbuzarga chora koʻrildi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.

 

Qayd etilishicha, Navoiy shahar hududida joylashgan «Qarnab» kuzatuv blok postida 1-smenada xizmat olib borish uchun jalb etilgan YPX inspektori safdor Zafar Muhammadov Qarnab—Navoiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-1 avtomashinasini haydovchi xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan kelayotgani sababli toʻxtatgan. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda toshkentlik haydovchi M.A davlat raqami belgisini oʻzgartirgani aniqlangan. YPX xodimi tegishli tartibda hujjat rasmiylashtirib, avtomashina jarima maydoniga olib borgan. Qoidabuzar fuqaro M.A esa YPX inspektoriga mashinasini qaytarib berish evaziga 1 million soʻm pul berishini aytgan.

 

M.A xodimning bir necha marotaba pora berish qonuniy javobgarlikka olib kelishi haqidagi ogohlantiruviga qaramay, taklifini toʻxtatmagan. Shundan soʻng safdor Muhammadov viloyat IIB boshligʻi nomiga oʻz bildirgisi bilan murojaat etgan. Ertasi kuni fuqaro YPX inspektori bilan uchrashib 100 dollarni unga bergan. U holatni oʻrganish uchun kelgan xodimlarni payqagan zahoti pulni olib yutib yuborgan.

 

Tibbiyot xodimlari M.A.da endoskopik tekshiruv oʻtkazib, oshqozonidagi 100 dollarni olgan. Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//